• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Farruh Zokirovdan tanqid eshitgan va Tohir Sodiqov duet kuylashdan bosh tortgan Umidaxon

    “Darakchi” gazetasi “10 qaltis savol” loyihasi doirasida xonanda Umidaxon bilan suhbatlashib, unga o‘nta savol bilan murojaat qildi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.

    Foto: “Zamin.uz”

    Foto: “Zamin.uz”

    1.“Umr o‘tar”, “Yulduzimsan”, “Sendadur ko‘nglim” va “Yo‘limdan qoch”, “Serial”, “Safsata” qo‘shiqlari. Qay biri “tarozi pallasini bosadi”?

    — Albatta, milliy yo‘nalishdagi qo‘shiqlarim. Chunki bu ijodim yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan auditoriyani qamrab ololgan. Lekin zamonaviy, kayfiyatbop qo‘shiqlarimning ham o‘z ting­lovchilari bor. Ijodkor serqirra bo‘lishi kerak, bitta yo‘nalishda qotib qolishni istamayman. Maqom, estrada, rep, qisqasi, hamma yo‘nalishda kuylay olaman va turli yo‘nalishlarning ixlosmandlarini xursand qilishga harakat qilaman. Kim hozir yettidan yetmish yoshgacha bo‘lgan muxlislarga yoqadigan qo‘shiq kuylay olyapti? Hech kim!

    2. Demak, Umidaxon ham bunday qo‘shiq kuylay olmaydi, shundaymi? Avval imkonini topgansiz-ku, hozir nima xalal beryapti? Ertaga sizning ham qo‘shiqlaringizni sog‘inib tinglanishi yoki unutilishi o‘z qo‘lingizda-ku!

    — Besh qo‘l barobar emas, hammaga birdek yoqib bo‘lmaydi. Ustoz san’atkorlarning qo‘shiqlarini shlyager, deb eshitaverishadi. Lekin bugungi muxlis butunlay boshqacha. Mendan avval ijod boshlaganlar ham bor-ku. Birortasi sog‘inib tinglanadigan qo‘shiq yozganicha yo‘q. Men ijod boshlaganimga esa endi yetti yil bo‘ladi. Unutilmas qo‘shiqlar yozishga harakat qilaman, Xudo xohlasa.

    3. Ustoz san’atkor Nuriddin Haydarovning “Yulduzimsan” nomli qo‘shig‘ini yangi sayqalda ijro etib, ozmi-ko‘pmi e’tirof etildingiz. Biroq shu nomli musiqiy albomingiz muqovasidagi “Oti Yulduzimsan” yozuvi nafaqat ustoz san’atkorga, balki muxlislarga nisbatan ham hurmatsizlik emasmi?

    — Albom chiqarish uzoq yillardan beri kutilgani uchun jarayon tezlashib ketdi. Qolaversa, o‘z shaxsiy muammolarimga o‘ralashib, befarqlik qildim, tan olaman. Lekin taqdimot o‘tgach, sotuvga chiqqan hamma albomning muqovasidagi yozuv “Yulduzimsan” deb to‘g‘rilandi.

    4. Umidaxon so‘nggi vaqtda she’rlardan emas, matndan qo‘shiq kuylayapti. Tanqidni boshlab berdim, qolgan kamchilik­laringizni vijdonan davom ettiring-chi...

    — To‘g‘ri, ba’zi qo‘shiqlarim matndan iborat, lekin hammasi emas. Xudo xohlasa, bundan buyon shoirlar bilan hamkorlik qilaman. Gohida dangasaligim tutsa, ishga kirishishim qiyin kechadi.

    5. Cover up loyihasidagi ishtirokingiz bilan ijodkor sifatidagi imkoniyatlaringizni sinab ko‘rdingiz. Xo‘sh, nimalarni hali eplolmas ekansiz?

    — “Golos” loyihasini ko‘rib, bizda ham shunday loyihalar bo‘lsaydi, derdim. Cover up’ga taklif qilishganida juda xursand bo‘ldim. Bu loyiha men uchun katta “maktab” bo‘ldi. Savolga kelsak, hammasini eplay olar ekanman!

    6 . Unda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Tohir Sodiqovning siz bilan duet kuylashdan bosh tortgani va O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning tanqidini qanday tushunish kerak?

    — Tohir Sodiqov ko‘rsatuv boshida maqtab turib, so‘ngida salbiy fikr bildirdi, duet kuylashdan ham bosh tortdi, tushunmay qoldim. Nazarimda, bu harakatini o‘zini katta tutishga yo‘yish mumkin. Farrux Zokirov cover yo‘nalishini qabul qilolmadi, shu bois tanqid qildi. Vaholanki, loyiha shartiga ko‘ra, qo‘shiqni cover yo‘nalishida kuylagandim, ijroim yomon emasdi. Agar bu uslub yoqmasligini bilganimda, qo‘shig‘ini xuddi o‘zidek qilib kuylab berardim, qo‘limdan kelardi.

    7. “Xit” qo‘shiqlaringiz yo‘qligi birgina sizga bog‘liq emasligini aytishdan charchamaysiz. Kechirasiz-u, ijrochi sifatida she’r tanlash imkoniyatiga egasiz-ku yo prodyuserlik markazi bilan shartnomangizga bunday huquq kiritilmaganmi?

    — To‘g‘ri, avvallari unday huquqim yo‘q edi. Shu bois ijodni milliy yo‘nalishdan boshlaganman va e’tiborga tushmaganman. Aslida “Kel, yarashaylik” qo‘shig‘im yo‘nalishida ijodga kirishni istagandim, ruxsat bo‘lmagan. Vaqt o‘tib, “Kel, yarashaylik”ni kuylashga ko‘ndirib, “tashrif qog‘ozi”ga ega bo‘ldim. Orada bu yo‘nalishdan chekinilmaganida hozir bunchalik qiynalmagan bo‘lardim. Yaqindan beri erkinlikka ega bo‘ldim. Nasib bo‘lsa, ommalashadigan qo‘shiqlarim bo‘ladi.

    8. San’atdagi qirq yillik tajribaga ega san’at­korlarning farzandisiz, “Yo‘limdan qoch” klipi bilan “plagiat”likka qo‘l urib, misqollab yiqqan obro‘ingizni sovurish shartmidi? Klipmeykerga ham ko‘chirmakashligi uchun pul to‘landimi, tekinga ishlamagandir?

    — Yo‘q, bu bilan obro‘im sovurilmadi. Mashhur san’atkorlar singari “plagiat” qo‘shiqlarni “o‘zimniki”, deb turganim yo‘q-ku. Klipimda bir-ikkita kadrdangina foydalanilgan, bu ko‘chirmakashlikka kirmaydi, nazarimda. Klipmeyker o‘sha klip kadrlarini ko‘rsatganida o‘zim rozi bo‘lganman. Asosiysi, qo‘shig‘im o‘g‘irlanmagan.

    9. Umidaxon qachon shou-biznes vakilidan san’atkorga aylanadi?

    — (O‘ylanib) Yillar o‘tib, ustoz san’atkorlarimiz singari qoqilib, yiqilib, o‘z yo‘limni topaman va san’atkorga aylanaman, degan umiddaman.

    10. Maxsus savol!

    Dilorom Omonullayeva, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi:

    — Umidaxon, ham maqom, ham o‘zbek va Yevropa estradasini maromiga yetkazib ijro eta oladigan, professio­nal texnikasi yuqori xonandasiz. Ovoz zo‘r bo‘lsa-da, o‘z qo‘shig‘i bo‘lmasa, bu — vaqtning behuda ketgani. Bitta kamchiligingiz — o‘z repertuaringiz yo‘q yo yanglish­yapmanmi?

    — Dilorom opa, siz darslik yuzasidan kuylagan qo‘shiqlarimnigina bilasiz. Balki ijodimni kuzatmaganingiz uchun shunday fikrdadirsiz?!

    Sadoqat Allaberganova suhbatlashdi.

     

    13.08.2017, 09:34   Izoh (0)   76902
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jamila G‘ofurova gonorariga bitta Spark’ning puli va Nexia olgani haqida gapirib berdi

    12.08.2017, 13:38

    “Bor, yo‘qol, mishqi”. Jamila G‘ofurova raqobatchisi Sevinch Mo‘minova bo‘lgan filmda to‘lachaligi uchun kastingdan o‘tolmagani haqida gapirdi

    11.08.2017, 16:48

    Munisa Rizayeva: Bir yigit bir yil ichida uch marta uylandi, uchalasida ham xizmatda bo‘ldim

    10.08.2017, 12:46

    Aktrisa Sitora Alimjonovaning to‘yi 8-avgust kuni Pxuketda bo‘lib o‘tadi

    08.08.2017, 18:20

    VIA “Maroqand”chi Abdurashid uylandi (foto)

    08.08.2017, 17:52

    “Ivanushki International” guruhining sobiq solisti Oleg Yakovlev Moskvadagi Troyekurov qabristoniga dafn qilindi

    08.08.2017, 13:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.