Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaponiyaning Okayama prefekturasidagi Sibukava bog‘idan 3-avgust kuni Abu laqabli, 35 yoshli gigant toshbaqa qochib ketgan edi, deb yozadi Meduza.

Foto: AFP

Foto: AFP

Bog‘ xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, 55 yoshli toshbaqa bog‘ bo‘ylab erkin sayr qilar, faqat tunda qafasga olib kirib qo‘yilardi. Kuzatuv kameralari yozuvlari Abu bog‘ning asosiy kirish joyidan tashqariga chiqib ketganini ko‘rsatdi.

Toshbaqa yo‘qolib qolganidan bir necha kun o‘tib, bog‘ ma’muriyati jonivor haqida axborot bergan har qanday shaxsga 500 ming yen (taxminan 4,5 ming dollar) miqdorida mukofot puli va’da qildi.

Toshbaqa 16-avgust kuni topildi. U bog‘ devoridan 140 metr uzoqlikdagi butalar orasiga kirib olgani ma’lum bo‘ldi.

Hayvonot bog‘i xodimlarining aniqlik kiritishicha, bu so‘nggi bir oy ichida Abuning ikkinchi marta qochib ketishidir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda