Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel Turkiya Die Welt gazetasi muxbiri Deniz Yujelni tutqunlikda ushlab turganini bildirdi. Bu haqda u BuzzFeed Deutschland portaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Bilishimcha, Turkiya Yujelni tutqunlikda ushlab turibdi”, — dedi Gabriel.
Uning fikricha, prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on “Turkiya fuqarolariga qolgan dunyo ularning muammolarini chetlab o‘tayotganini ko‘rsatish uchun har qanday provokatsiyadan foydalanadi”.
“Bizda diplomatik va iqtisodiy bosim o‘tkazish vositalari bor. Biz ulardan foydalanamiz, lekin shunchaki Turkiyaga bostirib kira olmaymiz”, — qo‘shimcha qildi tashqi ishlar vaziri, Germaniya Turkiyaga qarshi bir qator iqtisodiy choralar ko‘rgani haqidagi savolga javob berarkan.
Izoh (0)