Britaniyalik parlamentariylar Big-Ben minorasi restavratsiyasi rejasini qayta ko‘rib chiqadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Big-Ben nomini olgan soat minorasining mashhur qo‘ng‘irog‘i restavratsiya munosabati bilan to‘rt yil mobaynida ishlamaydi. Bu holat parlamentariylarga ma’qul kelmayapti.
Muqaddam mamlakat bosh vaziri Tereza Mey Big-Ben to‘rt yil mobaynida “sukut saqlashi” noto‘g‘riligini bildirib o‘tgan edi. Bu fikrni deputatlar ham qo‘llab-quvvatladi.
Dastlabki rejaga ko‘ra, qo‘ng‘iroq Yangi yilda, Shahidlar xotirasi kuni va boshqa sanalar munosabati bilan jaranglashi lozim edi. Ammo Jamoat palatasi vakili Tom Breyk qo‘ng‘iroq ko‘proq ishlashi mumkinligini aytmoqda.
Ushbu qo‘ng‘iroq 1859-yili o‘rnatilgan va Big-Ben nomini olgan edi. Bugungi kunda ushbu nom bilan ko‘pchilik soat minorasining o‘zini ataydi.
Izoh (0)