#tour_de_clasico sayohatchilari Ispaniyaga safarni Germaniya orqali boshlagandi. Ular birinchi galda Toshkent—Frankfurt yo‘nalishi bo‘ylab parvoz qilib, nemislarning iqtisodiy poytaxtiga yetib kelgandi.
Frankfurt o‘zining rivojlanganligi borasida Yevropaning eng oldi shaharlari qatorida turadi. Sayohatchilar bu yerda zerikib qolishmaydi. Azimut Travel keyinchalik ham mazkur shahar bo‘ylab safarlar uyushtirishni rejalashtirgan. Bunda Frankfurtning tranzit uchun yaxshi zona ekani inobatga olinib, keyinroq Yevropaning qolgan mamlakatlariga bemalol safar qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Azimut Travel tashkil qilgan sayohat Frankfurt-Barselona-Madrid-Parij yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, uning ichida ishtirokchilar “Real” hamda “Barselona” ishtirokidagi ikki “El-Klasiko”ni “Kamp Nou” hamda “Santyago Bernabeu” stadionida tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Izoh (0)