Zimbabve prezidenti Robert Mugabening rafiqasi Greys yosh qizga hujum qilgani uchun JAR sudi oldida javob beradi. Bu haqda, BBC’ga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Politsiya ma’lumotlariga qaraganda, Zimbabvening birinchi xonimi Yoxannesburg shahridagi mehmonxonalardan biri 20 yoshli modelga hujum qilgan. 52 yoshli Greys Mugabe uning yuziga zarba bergan.
Gauteng provinsiyasi ma’muriyatining bayonotiga ko‘ra, Greys Mugabe ustidan jabrlanuvchining o‘zi shikoyat qilgan.
Mugabe xonim ushbu axborotga hozircha o‘z munosabatini bildirmadi.
Izoh (0)