Olmaliqqa safar qilgan Mirziyoyev, Toshkent bozorlariga o‘rnatilgan bankomatlar, mobil internet tezligi past O‘zbekiston va kunning boshqa muhim xabarlari

11-avgustning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

Foto: Facebook / Shavkat Mirziyoyev

1. Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrif buyurdi. Prezident OKMKning ikkinchi bosqichini ishga tushirishda qatnashdi, Olmaliq markazidagi qurilishlar bilan tanishdi.

2. Toshkent bozorlarida naqd pul olish uchun bankomatlar o‘rnatildi. Bankomatlar dushanba kunidan ishga tushishi kutilmoqda.

3. O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha dunyoda 106-o‘ringa tushdi. MDH davlatlari orasida mobil internet tezligi bo‘yicha Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Ozarbayjon va Armaniston O‘zbekistondan oldinda.

4. Namangan viloyati hokimi: Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmayman. Bir muddat avval Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Facebook’da o‘z rasmiy sahifasini ochgan edi.

5. Poytaxt markazida Tashkent city xalqaro biznes markazi quriladi. Biznes markaz Toshkentning Alisher Navoiy, Olmazor, Islom Karimov va Furqat ko‘chalari bilan oralig‘idagi hududda bunyod etiladi.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing