“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yo‘lovchilarning talabini qondirish va ularga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida Toshkent — Samarqand yo‘nalishida barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrisiyob” elektropoyezdining 764/763 raqamli qo‘shimcha qatnovini yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar qilmoqda.
Poyezdning qatnovi 2017-yil 12-avgustdan boshlab haftasiga uch marta — juma, shanba, va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Toshkentdan jo‘nash vaqti soat 08:30, Samarqanddan esa — 17:00.
Izoh (0)