Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyada ArMI-2017 xalqaro harbiy o‘yinlar davom etmoqda. Musobaqa mezbonlari — Rossiya jamoasi birinchilikni hech kimga bermayapti, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: Rossiya mudofaa vazirligi

Foto: Rossiya mudofaa vazirligi

Jumladan, o‘yinlar doirasidagi “Sodiq do‘st” tanlovi Moskva viloyatining Dmitrov shahrida o‘tkazildi. Unda harbiy itboqarlar bellashdi.

Tanlovning individual bahslaridagi to‘rt mashqi yakunlariga ko‘ra Panda laqabli nemis ovcharkasi (Rossiya) birinchi o‘rinni egalladi. Rossiyalik mayor Vitaliy Pudovkin Grisha laqabli nemis ovcharkasi bilan (Rossiya) ikkinchi o‘rinni, yefreytor Mag‘jan Janabekov Smerch-Arno laqabli Belgiya ovcharkasi bilan (Qozog‘iston) uchinchi o‘rinni egalladi.

Jamoa hisobida birinchi o‘rinni Rossiya egalladi, Belarus va Qozog‘iston ikkinchi o‘rinni bo‘lishib oldi, O‘zbekiston uchinchi bo‘ldi.

Bundan tashqari, muxlislar xayrixohligi mukofoti o‘zbekistonlik oddiy askar Javlon Nizomov hamda uning Grand Alyur Jus laqabli Belgiya ovcharkasiga nasib qildi.

Musobaqalar davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Oila a’zolari tomonidan muntazam jinsiy zo‘ravonlikka uchrayotgan bolalar ham topiladi” — Bolalar ombudsmani
Mahalliy
Sogʻliqni saqlash vaziri: Taʼlimda oʻzgarish qilmas ekanmiz, tibbiyot ham oʻzgarmaydi
Mahalliy
Buxoroda Nexia-2 ariqqa tushib ketdi (video)