Kecha — 8-avgust kuni futbol bo‘yicha UEFA Superkubogi uchun o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropa Chempionlar Ligasining amaldagi g‘olibi hisoblangan “Real”, Yevropa Ligasi chempioni “Manchester Yunayted”ga qarshi saf tortdi.
Makedoniyada kechgan o‘yin nufuzi jihatdan Yevropa klublarining birinchi raqamli musobaqasi g‘olibi bo‘lgan “Qirollik klubi”ning g‘alabasi bilan yakuniga yetdi. Kazemiro hamda Isko tomonidan urilgan gollarga, “mankunianlar” safidan yangi futbolchi — Romelu Lukaku javob qaytardi.
Shu tariqa “Real” Yevropa Superkubogida g‘olib chiqish bo‘yicha uchinchi jamoaga aylanib oldi. Hozirgacha Madrid jamoasi Superkubokni uch marta qo‘lga kiritgan. Bu ko‘rsatkich “Milan” va “Barselona”da 5 tani tashkil qiladi.
“Yunayted” ustozi Joze Mourinyo Yevropa Superkubogida uch bor o‘ynagan bo‘lib, barchasida imkoniyatni boy bergan. U bir martadan “Portu” va “Chelsi” bilan mazkur turnirda ishtirok etgan.
UEFA Superkubogi Skopye, Makedoniya 8-avgust, seshanba
Izoh (0)