10-avgustdan 10-sentabrga qadar butun O‘zbekiston bo‘yicha 1325 ta maktab yarmarkasi faoliyat ko‘rsatadi. Bu haqda xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov bergan ma’lumotlarga tayangan holda “Gazeta.uz” xabar qildi.
Savdo majmualari va bozorlardan tashqari, yarmarkalar 927 ta maktabda ham joylashtiriladi.
Yarmarkalarda maktab formalari, oyoq kiyimlari va o‘quv jihozlari sotiladi. Ularning katta qismi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan.
Izoh (0)