2017-yilning 2-avgust kuni Toshkent shahri hududida 7 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasida 7 nafar shaxslar tan jarohati olgan, 1 nafar shaxs vafot etgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
2017-yilning 2-avgust kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 1721 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 420 tasini qo‘pol turdagi, 20 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan.
Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017-yil 2-avgust kuni jami 463 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 267 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 196 tasini belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.
Izoh (0)