Rossiya prezidenti Vladimir Putin Janubiy Sibirdagi qisqa muddatli ta’tili davomida ikki soat “cho‘rtanbaliqning ortidan quvdi”. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Foto: “RIA Novosti”

Xabar berishlaricha, Putin 2-avgust kuni Blagoveshchensk shahrida Uzoq Sharq federal okrugidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan.

Mazkur yig‘ilish arafasida esa Putin Janubiy Sibirda bir muddat to‘xtab, taygada baliq tutishga qaror qilgan, deb yozadi “RIA Novosti”.

“Prezident u yerda suvosti baliq ovi bilan yaxshi shug‘ullandi, bir cho‘rtanbaliqni hech tutolmay, uning ortidan ikki soat quvdi va lekin yakunda o‘z niyatiga baribir yetdi”, — dedi Peskov.