AQShning RC Cola brendi Family Group kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha ishga tushirdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Loyihaning ochilish marosimi 3-avgust kuni bo‘lib o‘tdi. AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen marosimda ishtirok etdi.
RC Cola brendi AQShda 1905-yildan buyon ma’lum bo‘lib, o‘z mahsulotlarini jahonning 50 dan ortiq mamlakatida ishlab chiqaradi.
O‘z chiqishida Pamela Spratlen O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan buyon AQSh kompaniyalari uning bozoriga qiziqish bildirib kelganini ta’kidlab o‘tdi:
“O‘zbekiston mustaqil davlat bo‘lganidan buyon AQSh kompaniyalari muvaffaqiyat yo‘lida o‘zbek iqtisodiyotining o‘ziga xos jihatlaridan o‘tib, O‘zbekiston xalqiga yangi texnologiyalar va imkoniyatlar taklif etib keldi”.
Nutqdan so‘ng elchi Family Group firmasi sexiga yo‘l olib, RC Cola va Family Group vakillari bilan birgalikda yangi ishlab chiqarish yo‘nalishini ochib berdi.
Izoh (0)