AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya 2014-yil avgustidan 2017-yil iyuniga qadar IShIDga qarshi bombardimonlarda 624 tinch fuqaro halok o‘lganini tan oldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Bugungi kunda, ma’lum axborotdan kelib chiqsak, birlashgan operatsiya shtabi taxminiga ko‘ra, ‘Bukilmas qat’iyat’ operatsiyasi boshlanganidan buyon, aftidan, kamida 624 nafar tinch fuqaro halok bo‘lgan”, — deyiladi koalitsiya bayonotida.
Qurbonlar soni 2017-yil iyunida hisoblab chiqilgan. Ayni paytda koalitsiya tinch fuqarolarning halokati bilan bog‘liq yana 424 xabarni tekshirmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)