AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish yuzasidan Kongress tomonidan qabul qilingan yangi qonunni imzoladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Trampning maslahatchisi Kellienn Konuey Reuters bilan suhbatda bu ma’lumotni tasdiqladi.
AP’ning Oq Uydagi manbasiga tayanib bildirishicha, ushbu qonun va unga ko‘ra kengaytiriladigan sanksiyalar Rossiyaning prezident sayloviga aralashuvi uchun o‘ziga xos jazo chorasidir.
Bloomberg Trampning bayonotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, qonunning ayrim bandlari konstitutsiyaga mos kelishi hamda hujjatning umumiy oqibatlari yuzasidan prezidentning e’tirozlari bor.
Izoh (0)