MKK “O‘zekspomarkaz”da o‘tadigan ICT Expo 2017 ko‘rgazmasi qatnashchilari endilikda umumiy maydoni 40 kvadrat metrga teng bo‘lgan qo‘shimcha stendlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda “Daryo”ga tadbir tashkilotchilari ma’lum qildi.
Shu yilning 19-21-sentabrida bo‘lib o‘tadigan ICT Expo 2017 ko‘rgazmasining o‘tkazilishidan asosiy maqsad axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasidagi yutuqlarni namoyish etishdir. Ko‘rgazmada qatnashishga bo‘lgan yuqori talabni inobatga olgan xolda haftalik tashkiliy qo‘mitasi ko‘rgazma stendlari uchun qo‘shimcha maydonlar ajratdi. Endilikda har bir potensial ishtirokchi 5-chi chodirli pavilyonda 10 kvadrat metrdan 40 kvadrat metrgacha bo‘lgan maydonga onlayn tarzda buyurtma berishi mumkin. Bunday qo‘shimcha pavilyon birinchi marotaba ochilmoqda. Hozirgi vaqtga kelib ko‘rgazmada ishtirok etish uchun 40 dan ortiq kompaniyalar ro‘yxatdan o‘tganligi ma’lum bo‘ldi.
Ko‘rgazma saytining tegishli bo‘limlarida ko‘rgazmada qatnashish shartlari, qiymati va to‘lov shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, ko‘rgazma ustunlarini qurish va o‘rnatish shartlari hamda ICT Expo 2017 ko‘rgazmasi ish tartibi va qatnashuvchilar, mehmonlar va jurnalistlar uchun qo‘shimcha ma’lumotlar batafsil ko‘rsatilgan.
Izoh (0)