AQShning Ogayo shtatida istiqomat qiluvchi 45 yoshli ayol bir yarim metrlik bo‘g‘ma ilon hujumiga uchradi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.
Aytilishicha, ilon uning yuzini o‘rab olib, burnini tishlagan.
Ayol politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, voqeani aytib berishga muvaffaq bo‘lgan.
“Bo‘g‘ma ilon yuzimni o‘rab oldi. Iltimos, shoshiling. U burnimni tishlayapti”, — degan u favqulodda xizmat dispetcheriga.
Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot xodimlari bo‘g‘ma ilonning boshini uzib tashlabgina ayolni uning iskanjasidan qutqarib ololgan. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)