Janubiy Afrika Respublikasi rasmiylari yaqin orada imo-ishoralarni mamlakatdagi 12-rasmiy tilga aylantirishi mumkin. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
“Imo-ishoralarning rasmiy til sifatida qabul qilinishi uning maktablarda o‘qitilishini anglatadi. Davlat tizimlari kar-soqovlar hamjamiyati vakillari bilan muloqotda bo‘lish uchun ularning tilini tushunadigan kishilarni yollashiga to‘g‘ri keladi”, — izoh berdi JAR tillar kengashi vakili Sibusiso Nkosi.
Mamlakatda mazkur hamjamiyat vakillari imo-ishoralar rasmiy til sifatida qabul qilinishi uchun kurashib kelgani, rasmiylar qarori ularga “ovoz hadya etishi” bildirilmoqda.
Izoh (0)