Mosul shahrining asosiy qismi ozod qilinganiga qaramay, Iroq hududida hali ham IShIDning 7 mingga yaqin tarafdori qolmoqda. Bu haqda mamlakat xavfsizlik kuchlari vakillari bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
Razvedka va harbiylarning hisob-kitoblariga qaraganda, shulardan 4 mingi jangarilar, 3 mingi esa boshqa vazifalarni bajarib, guruhdan maosh oluvchilardir.
O‘sha manbalarga ko‘ra, Suriyada 7 ming jangari 5 ming tarafdor qolmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)