O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi elchisi Alisher Shayxov 28-iyul kuni Toshkentdan Londonga jo‘nab ketdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Alisher Shayxov (1956-yili tug‘ilgan) — Toshkent davlat universiteti bitiruvchisi (1979), mutaxassisligi — iqtisodchi, iqtisodiyot fanlari nomzodi (1983). Bunga qadar u 2006-yil aprelidan joriy yil iyunigacha O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga boshchilik qilib kelgan edi.
Muqaddam Alisher Shayxov O‘zbekistonning Germaniyadagi, Avstriyadagi, Yaponiyadagi hamda Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi sifatida faoliyat yuritgan.
Izoh (0)