Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi 7 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi va yangi futbolchilarni tanishtirish marosimini o‘tkazdi.
Shularning 4 nafari Mirjalol Qosimov qo‘li ostida avval ham “Bunyodkor” sharafini himoya qilgan bo‘lib, keyinroq turli jamoalarga tarqalib ketgandi.
7 nafar futbolchining biri darvozabon. Shuningdek, har bir pozitsiyasida ikki nafardan yangi nomni ko‘rish mumkin.
Bugun — 27-iyul kuni “Bunyodkor” O‘zbekiston kubogining yarim finali uchun Farg‘onaning “Neftchi” klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.
Izoh (0)