O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ram Nath Kovindni Hindiston Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Sizning ushbu g‘oyat mas’uliyatli lavozimga saylanishingiz, avvalambor, Hindiston xalqining Sizga bo‘lgan katta ishonchi ifodasi, ko‘p yillik siyosiy faoliyatingiz, boy hayotiy tajribangizga berilgan xolis va haqqoniy bahodir”, — qayd etdi O‘zbekiston rahbari.
Maktubda o‘zaro manfaatlarga javob beradigan barcha yo‘nalishlarda uzoq muddatli strategik aloqalarni izchil va bosqichma-bosqich rivojlantirib borishdan O‘zbekiston tomoni manfaatdor ekanligi ta’kidlandi:
“Davrlar va hayot sinovidan o‘tgan O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari xalqlarimizning ko‘p asrlik yaqin munosabatlari asosida bugungi kunda muvaffaqiyatli rivojlanib va mustahkamlanib borayotganini alohida ta’kidlashni istardim”.
Shavkat Mirziyoyev Ram Nath Kovindga mustahkam sog‘lik va mas’uliyatli faoliyatida ulkan zafarlar, do‘st hind xalqiga bardavom tinchlik, taraqqiyot va farovonlik tiladi.
Izoh (0)