O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan Xitoyning “Shanxay SIPG” futbol klubida qarzdorlik mavjud. Bu haqda Mirror Xitoy futbol assotsiatsiyasi va Osiyo futbol konfederatsiyasiga asoslanib xabar berdi.
Yil boshida Xitoy klublari bir qator qimmat xaridlarni amalga oshirib, o‘z safini legioner futbolchilar bilan to‘ldirishga harakat qilgandi. Xitoy sport qo‘mitasining legioner futbolchilarga bo‘lgan cheklovidan keyingina bu hol to‘xtadi.
Sotib olingan futbolchilarga va’da qilingan maoshlarda esa qarzdorlik mavjud. Bu holat faqatgina “Shanxay SIPG”da emas, Superliganing jami 13 ta klubida qayd etilgan. Jumladan, Luis Felipe Skolari bilan ketma-ket ikki yildan buyon Xitoy chempionligini qo‘lga kiritib kelayotgan “Guanjou Evergrand” klubida ham.
Mazkur 13 klub oldiga shu yilning 15-avgust sanasiga qadar muhlat berildi. Mana shu muddat ichida ular legioner futbolchilar oldidagi qarzdorlikdan qutulmasa, kelasi mavsumni Xitoy Birinchi divizionida o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Odil Ahmedov klubidan tashqari bunda Anzur Ismoilov va Yegor Krimets to‘p suradigan jamoalar nomi ham bor.
Qarzdorligi mavjud bo‘lgan Superliga ishtirokchilari:
- “Guanjou Evergrand”
- “Shanxay SIPG”
- “Beydzin Guoan”
- “Chanchun Yatay”
- “Xebey Chayna Forchun”
- “Chunsin Lifan”
- “Guanchjou Fuli”
- “Szyansu Sunin”
- “Lyaonin Xuvin”
- “Shandong Lunen”
- “Shanxay Shenxua”
- “Tyanszin Syuanszyan”
- “Tyanszin Teda”
Izoh (0)