O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Chimboy tumani kengashi kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov ishtirok etdi va Chimboy yoshlarning fikr mulohazalari, takliflari bilan tanishdi, deb xabar beradi “KRuz.uz”.
Majlis doirasida ittifoqning Chimboy tuman kengashi raisi etib Jumamuratov Raxat Tleumuratovich saylandi.
Yoshlar ittifoqi Chimboy tumani kengashiga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i asosida mahalliy budjet hisobidan Matiz markali avtomashinasi xizmat mobaynida foydalanish uchun tantanali tarzda topshirildi.
Izoh (0)