Erik Bayi “Manchester Yunayted”ga Yevropa Superkubogida yordam bera olmaydi. Bu haqda UEFA rasmiy sayti ma’lumot berdi.
Bayi Yevropa ligasining yarim final javob o‘yinida Yon Gvidettining yuziga urib, maydondan chetlatilgandi. UEFA komissiyasi o‘sha vaziyatni o‘rganib chiqib, ivuarlik futbolchini uch o‘yinga chetlatishga qaror qildi.
Uch o‘yindan biri “Ayaks”ga qarshi Yevropa ligasining finalida o‘tib ketgan bo‘lsa, ikkinchisi “Real Madrid”ga qarshi Yevropa Superkubogi bo‘ladi. Uchinchisida Erik Bayi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turini o‘tkazib yuboradi.
“Manchester Yunayted” va “Real Madrid” o‘rtasidagi Yevropa Superkubogi 8-avgust kuni Makedoniyada bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)