AQShning Three Square Market texnologik kompaniyasi xodimlariga mikrochiplar o‘rnatishni rejalashtirmoqda. Uning yordamida xodimlar ofis eshiklarini ochishi, kompyuter yoqishi va avtomatdan ovqat xarid qilishi mumkin bo‘ladi, deb xabar beradi Meduza.
Kompaniya rahbari Todd Uestbi CNBC’ga bergan intervyusida Three Square Market AQShda birinchi bo‘lib ushbu texnologiyadan foydalanishini bildirib o‘tdi.
Guruchday hajmga ega mikrochip odamning kaftiga, katta va ko‘rsatkich barmoqlar o‘rtasiga implantatsiya qilinadi. Xodimlarga faqat o‘z ixtiyorlariga ko‘ra chiplar o‘rnatiladi. Three Square Market vitse-prezidenti Toni Dann bosh ofisning 85 xodimidan 50 nafari rozilik berib bo‘lganini ma’lum qildi.
Three Square Market rahbarlari xodimlarni kuzatish niyatlari yo‘qligini uqtirmoqda. Chip o‘quvchi uskunadan 15 santimetr narida ishlamaydi.
Izoh (0)