Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

IShID jangarilari Mosulda “chirkin bomba” yaratish uchun zarur bo‘lgan radiofaol qismlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Bu haqda Washington Post gazetasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Gap Mosul tibbiyot universitetida saqlangan va saraton kasalligiga chalinganlar uchun mo‘ljallangan radiofaol kobalt-60 moddasi haqida ketmoqda. O‘quv yurti jangarilar nazoratidagi hududda joylashgandi.

Biroq Mosul ozod etilganidan so‘ng bu yer tekshiruvdan o‘tkazilganda terrorchilar, garchi modda mavjudligi haqida xabarlari bo‘lsa ham, unga hatto teginmagani ma’lum bo‘ldi.

Iroq rasmiylari va AQShning yadro xavfsizligi bo‘yicha ekspertlari jangarilar o‘zlarini radiatsiya nurlanishi xavfiga qo‘ymaslik uchun omborni ochishdan cho‘chiganini taxmin qildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Salomatlik
Ishtahangiz karnaymi: hamisha ovqat yeyish istagi qiynaganda nima qilish kerak?
Dunyo
“O‘lim junglisi”: 400 mingga yaqin muhojir halokatli yo‘l orqali Panamadan AQSHga o‘tmoqda
Mahalliy
Toshkent va Andijon o‘rtasida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi