Moskvada rossiyalik taniqli jurnalist, Birinchi kanal boshlovchisi Yelena Mironova olamdan o‘tdi. Bu haqda 23-iyul kuni telekanal rasmiy sayti orqali ma’lum qilindi.
Boshlovchining hamkasblari uning yaqinlariga o‘z hamdardligini izhor qildi. U bilan xayrlashish joyi va vaqti keyinroq e’lon qilinadi.
Mironova “Dobroye utro” ko‘rsatuvining boshlovchisi sifatida mashhur. Shuningdek, u uzoq yillar davomida “Vremya” axborot dasturining muxbiri bo‘lib ishlagan.
Izoh (0)