Britaniyalik g‘avvoslar Islandiya sohillarida Ikkinchi jahon urushi yillaridagi Germaniya kemasidan ko‘p miqdorda oltin topdi. Bu haqda, Daily Mail nashriga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, Britaniyaning Advanced Marine Services kompaniyasi a’zolari SS Minden kemasidan to‘rt tonna oltin topgan. Bu miqdordagi qimmatbaho metall Janubiy Amerika banklaridan olingani taxmin qilinmoqda.
Topilma qiymati 100 million dollarni tashkil etishi mumkin.
Kema 1939-yil sentabrida Braziliyadan Germaniyaga ketayotgan chog‘da Islandiya sohillaridan 190 kilometr narida g‘arq bo‘lgan edi. Adolf Gitler Buyuk Britaniya floti kemani payqagani uchun kapitanga uni cho‘ktirishni buyurgan edi.
Izoh (0)