Tojikiston IIVning uch nafar xodimi ikkita davlat fuqaroligiga ega ekanligi bois, 14 nafari esa vazn bilan bog‘liq muammolar tufayli ishdan bo‘shatildi. Bu haqda ichki ishlar vaziri Ramazon Rahimzoda bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Bahor oylarida Tojikistonda davlat xizmati, kuch qurilmalari va prokuraturada ishlash bilan bog‘liq tartiblarga qator o‘zgartishlar kiritilgan edi. Ularga ko‘ra, xodimlar ikki davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin emas.
Tojikiston faqat Rossiya bilan ikki fuqarolik bo‘yicha kelishuvga ega.
Bundan tashqari, militsiya xodimlari ortiqcha vazn tufayli ishdan haydalishi mumkinligi aytilgan edi. Rahimzodaning so‘zlariga qaraganda, ushbu sababga ko‘ra vazirlikning 14 nafar xodimi ishlaridan ayrilgan.
Bundan tashqari, 20 xodim ikkinchi fuqarolikdan voz kechgani uchun o‘z ish o‘rnida qoldi, yana 21 kishiga esa vaznini me’yoriga keltirishga imkoniyat berildi.
Izoh (0)