19-iyul kuni Lyuksemburg shahrida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi Yevropa investitsiya bankining ekspertlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Bank bosh qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda uning O‘zbekiston hududida faoliyat yuritishi to‘g‘risidagi hadli bitim loyihasi muhokama qilindi.
Suhbat chog‘ida ta’kidlanganidek, joriy yilning 10 va 12-iyulida bank va O‘zbekiston vakolatli idoralarining ekspertlari o‘rtasida o‘tkazilgan telekonferensiyalar yakuni natijasida bitim loyihasi matni bo‘yicha sezilarli siljishga erishildi.
Uchrashuvda ikki tomon ekspertlari hujjat loyihasini ma’qulladi va bitimni tez fursatda imzolash bo‘yicha ichki davlat tartibotlarini yakunlash to‘g‘risida kelishuvga erishdi.
Izoh (0)