Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

18-iyul kuni Samarqand qishloq xo‘jaligi institutida veterinariya fakultetini tamomlagan magistr va bakalavrlarga diplom topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Davlat veterinariya qo‘mitasi axborot berdi.

Foto: Davlat veterinariya qo‘mitasi

Foto: Davlat veterinariya qo‘mitasi

Tadbirni Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti rektori T. Ostonaqulov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U uzoq, mashaqqatli, ayni paytda sharafli ilm yo‘lini bosib o‘tgan magistratura va bakalavriat bosqichi bitiruvchi talabalarini muborakbod etdi.

Tadbirda O‘zbekiston veterinariyasi tarixida ilk marotaba bitirayotgan talabalar tantanali ravishda “Veterinariya vrachining qasamyodi”ni qabul qildi.

Veterinariya vrachi degan kasbga sazovor bo‘layotgan magistr va bakalavrlar, sohaning an’analari va mavqeini saqlashga, uning nufuzini ko‘tarishga, veterinar degan nomga bir umr dog‘ tushirmaslikka, aholini inson va hayvon uchun umumiy bo‘lgan kasalliklardan himoya qilishga, hayvonlarni kasalliklardan asrashga, kasbdoshlariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishga tantanali ravishda qasamyod qildi.

Bitiruvchilar professor va ustozlariga ta’lim-tarbiya va bilim olish uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnaddorchilik bildirdi hamda o‘zlarining barcha kuch va orttirgan bilimlarini O‘zbekiston ravnaqi uchun veterinariya sohasini yanada rivojlantirish uchun qo‘llashga ahd qildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Erdo‘g‘onning hokimiyatda qolishi Markaziy Osiyo davlatlariga qanday taʼsir qiladi? Ekspertlar fikri
Mahalliy
“Adolat” partiyasi O‘zbekiston prezidentligiga nomzodini tasdiqladi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi