Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri, “Temir xonim” Margaret Tetcher o‘z vaqtida Birinchi jahon urushi yillaridan buyon kimyoviy qurol qo‘llanilishiga ruxsat bergan birinchi davlat rahbari bo‘lishiga bir baxya qolgan edi. Bu haqda “TASS” hikoya qiladi.
Oshkor etilgan arxiv hujjatlariga ko‘ra, Tetcher xonim Iroq qo‘shinlari Kuvaytga bostirib kirgan 1990-yili Iroq diktatori Saddam Husaynga kimyoviy qurol bilan tahdid qilish va, kerak bo‘lsa, uni qo‘llashni ham rejalashtirgan.
Ta’kidlanishicha, o‘sha paytda Tetcherning vakolati nihoyasiga yetayotgan edi va u G‘arb va arab davlatlarini Iroq yetakchisiga qarshi qo‘yishga faol urinishlar amalga oshirayotgan edi.
AQSh Markaziy razvedka byurosi fikriga ko‘ra, ixtilofga uchinchi taraf aralashgan taqdirda Iroq ham kimyoviy qurol qo‘llashga tayyor bo‘lgan. Shu munosabat bilan Margaret Tetcher Iroqqa o‘z uslubida kimyoviy qurol bilan tahdid qilishni taklif etgan.