Niderlandiya politsiyasi mahbuslarni fosh qilinmagan ishlar taftishiga jalb etish bo‘yicha dasturni e’lon qildi. Gap birinchi galda bedarak ketishlar va qotilliklar haqida bormoqda, deb aniqlashtiradi Meduza.
Buning uchun Niderlandiya qamoqxonalaridagi mahbuslarga maxsus taqvimlar tarqatiladi. Ularda har hafta bitta fosh etilmagan jinoyat haqida hikoya qilinadi.
Bu ishlarning tafsilotlarini bilgan va ayni paytda turli sobiq va amaldagi mahbuslardan har xil hikoyalar eshitgan kishilar bu axborotni tahlil qilib, xulosalarini politsiya bilan bo‘lishishi taxmin qilinmoqda. Jinoyatning fosh etilishiga olib keladigan axborot uchun mahbuslarga 800 ming yevro miqdorida mukofot puli beriladi.
Politsiyachilar axborot beruvchilar shaxsining to‘la sir saqlanishiga kafolat bermoqda. Bundan tashqari, Niderlandiya qonunchiligi jinoyat haqidagi axborot yashirish uchun javobgarlikni nazarda tutmaydi. Ya’ni, qotillik guvohi bo‘lgan odam buni turli sabablarga ko‘ra huquq-tartibot idoralariga yetkazmasa va oradan ko‘p yillar o‘tib ma’lum qilsa, unga nisbatan hech qanday jaxo choralari ko‘rilmaydi.
Izoh (0)