Ravshan Haydarov murabbiylik qilayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo chempionatiga yo‘llanma oldi.
Jamoa saralashni Amirliklarda o‘tkazib, avvaliga Livan ustidan 3:1, keyinroq Nepal ustidan 2:0 hisobida zafar quchgandi. Hal qiluvchi o‘yin bugun — 19 iyul kuni saralash mezboni BAA olimpiyachilariga qarshi bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvda Islom Qobilov va Javohir Siddiqov tomonidan urilgan gollar o‘zbekistonlik futbolchilarning 2:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minlab berdi. Bunga qadar BAA to‘plar nisbatiga ko‘ra peshqadam bo‘lib turgandi.
Shu tariqa O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi kelasi yilning yanvarida Xitoy mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatiga birinchi bo‘lib yo‘llanma oldi. Qolgan saralash guruhi o‘yinlari bugundan e’tiboran start oldi.
Asian Championship U23 Saralash. “D” guruhi. 3 tur 19-iyul, chorshanba
Izoh (0)