Xitoy sharqidagi Yanchjou kitob do‘koni va kutubxonasi ko‘zgu illyuziyasi yordamida cheksiz labirintga aylantirildi. Interyer Shanxayning XL-Muse Architects studiyasi tomonidan loyihalashtirildi, ilhom manbai sifatida esa mashhur Yanchjou kanallari arkali toshko‘priklari xizmat qildi.
G‘oyaga ko‘ra, ushbu o‘ziga xos tunnelga kirgan kitobxon “kitob daryo”siga sho‘ng‘ishi lozim.
TJournal kutubxona qanday shaklga kelganini aks ettiruvchi fotosuratlarni taqdim etdi.
Izoh (0)