Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning mashhurlik reytingi eng past ko‘rsatkichda qolmoqda. Buni Opinium so‘rovi natijalari ko‘rsatdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Tadqiqotning ko‘rsatishicha, Meyning reytingi tushishda, leyboristlar yetakchisi Jeremi Korbinning ko‘rsatkichlari esa, aksincha, ko‘tarilishda davom etmoqda. Jumladan, Mey xonimning faoliyatini britaniyaliklarning 30 foizi ma’qullaydi, ma’qullamaydiganlar esa 51 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga, Korbinda bu ko‘rsatkichlar tegishlicha 41 va 37 foizga tengi.
Bundan tashqari, aholining 36 foizi hali ham Mey xonimni bosh vazirlikka eng munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda, 33 foizi esa Korbinga ishonch bildirmoqda.
Buyuk Britaniyada keyingi saylov 2022-yili bo‘lib o‘tadi, ammo britaniyaliklarning 60 foizi Tereza Mey oldinroq iste’foga chiqishi lozim deb hisoblaydi. Respondentlraning 33 foizi u darhol iste’fo berishini istaydi, 16 foizi esa u Brexit’dan so‘ng ketishi lozim deb hisoblaydi.
Izoh (0)