• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yuliy Yusupov: Biz valyuta bozori liberallashuvining birinchi qadamlarini kuzatmoqdamiz

    UZ24 sayti mustaqil iqtisodchi Yuliy Yusupov bilan valyuta kurslarining ko‘pligi samarasi va yaqinda hukumat tomonidan qabul qilingan banklarga birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qilish va sotish operatsiyalarini bozor kursi bo‘yicha o‘tkazish huquqini bergan qaror haqida suhbatlashdi.

    Foto: Shutterstock

    Foto: Shutterstock

    — So‘nggi kunlarda internetda valyuta bozorining liberallashuvi maqsadga muvofiqligiga oid bahslar bo‘lmoqda. Bugunda ekspertlarning bir qismi yoqlayotgan valyuta kurslarining ko‘pligi siyosati qanchalik samarali?

    — Valyuta kurslarining ko‘pligi — Markaziy bank milliy valyutani ayirboshlashni rasman yo‘lga qo‘yib, biroq bu valyutani istalgan odamga emas, faqat tanlangan “omadi chopgan”larga sotishidir. Shuning uchun parallel ravishda muqobil valyuta almashtirishlar paydo bo‘ladi, bunda xohlovchilar valyutani kim sotmoqchi bo‘lgan bo‘lsa, o‘shandan oladi. Ya’ni valyuta ayirboshlanadigan joylar bitta emas, bir necha bo‘ladi.

    Men qachondir O‘zbekistonda valyuta kurslarining ko‘pligi tizimini joriy qilishni yoki shu tizimni saqlab qolishni tavsiya qilgan biror jiddiy iqtisodchini tanimayman. Men 1996–2008-yillarda konvertatsiyaning bekor qilinishiga oid tahlillar o‘tkazilgan biror tahliliy hujjatni ham ko‘rmaganman. Shunchaki bunday hujjatlar yo‘q. Qaror esa oqibati hisobga olinmay, o‘zboshimchalik bilan qabul qilingan. Lekin milliy va xalqaro ekspertlar, mamlakatda erkin konvertatsiya chegaralangan 1996-yildan buyon shakllangan bunday tizim bizning iqtisodiyotimizga katta zarar ekanini tasdiqlashdan charchamayapti.

    Menga noma’lum sabablarga ko‘ra valyuta ayirboshlash kurslarining ko‘pligi tizimini yoqlaydigan odamlarga ko‘p bora aniq va oddiy savolni berganman: bu tizimdan O‘zbekiston iqtisodiyoti qanday foyda ko‘radi, uning afzalligi nimada? Lekin biror marta aniq va ravshan, tushunarli javobni ololmadim, desam ishonasizmi? Muhokamalar asosan, “musaffo osmon, tinchlik”, iqtisodiy yutuqlar (statistik ma’lumotlarga tayanilgan) yoki “bundan yomoni bo‘lishi mumkin edi” degan mavzularda bo‘lmoqda. Qanday qilib valyuta ayirboshlash kurslarining ko‘pligi tizimi tinchlikni, real va xayoliy yutuqlarni ta’minlashi haqda tushuntirilmaydi.

    Valyuta kurslarining ko‘pligi tizimi rivojlanayotgan ko‘plab mamlakatlarda avval (ya’ni 1960–70-yillar) qo‘llanilgan. Buning nazariy tomondan oqlangan jihatlari ham bor: milliy valyuta kursining oshishi asbob-uskunalarning importi narxini tushirib yuboradi va shu bilan birga sanoatlashtirishga imkon beradi. Lekin bu eskirgan holatdir, uni hayot qonunlari rad etgan, endilikda hech kim amaliyotda qo‘llamaydi.

    — Nega u ish bermaydi?

    — Birinchidan, valyuta ayirboshlash kurslarining ko‘pligini qo‘llash iqtisodiyotda byurokratiya rolini oshirishi faraz qilinadi, bu esa korrupsiya zo‘r manbaidir va samarasizdir. Hozirda investitsiyaviy qarorlarni o‘zlarining katta mablag‘lari bilan tavakkal qiluvchi xususiy tadbirkorlar emas, balki konvertatsiyaga imkon beruvchi davlat amaldorlari qabul qilyapti.

    Ikkinchidan, valyuta ayirboshlash kurslarining ko‘pligi tizimi ichki bozordagi raqobatni parchalaydi: kimdir qulayroq kurs bo‘yicha konvertatsiya qiloladi, kimdir esa yo‘q. Va raqobat jangida eng yaxshi tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilar emas, balki konvertatsiya imtiyoziga ega bo‘lganlar yutib chiqadi. Natijada raqobatbardoshlikni, samarali tadbirkorlarni bozordan yuvib ketadigan g‘ayritabiiy seleksiya joy egallaydi.

    Uchinchidan, milliy valyutaning oshgan kursi eksportni destimullashtiradi va balki faqat import o‘rnini bosish siyosatida qo‘llanilishi mumkin. Bu noto‘g‘ri bo‘lib, mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida qatnashishini chegaralaydi.

    To‘rtinchidan, investitsiyani oshiruvchi stimullar ish bermaydi, chunki investitsiyaga faqat arzon import asbob-uskunalar yetarli emas. Bunga korrupsiyaning yuqori darajasi, teng bo‘lmagan o‘yin qoidalari, yuqori ma’muriy to‘siqlar, xullas barcha valyuta kurslarining ko‘pligi tizimini keltirib chiqaradiganlar bilan aralashtirilmagan maqbul investitsiya muhiti kerak.

    Beshinchidan, agar valyuta kursida katta farq bo‘lsa va hukumat rasmiy konvertatsiyaga imkonni jihozlar importi bilan davomiy chegaralasa, bu investitsiya darajasini tezlatadi. Lekin ushbu investitsiyalar samarasiz bo‘lib qoladi, chunki investorlar jihozlarni uzoq muddatli ishlab chiqarishni yaxshilash uchungina emas, balki konvertatsiya uchun sotib oladi. Ya’ni investor ishlab chiqarishga pul tikkanidan daromad olmaydi, balki konvertatsiyaning o‘zidan oladi. Natijada, xarid qilinayotgan jihozlar sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlari “investor”ni eng oxirgi o‘rinda xavotirga soladi. U soxta firmalar orqali hech kimga kerakmas jihozlarni “tiyin”lar evaziga (arzimagan pulga) sotib oladi va uni o‘z yurtida qimmatga oladi. Bu ishi ortidan esa imtiyozli konvertatsiyaga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham bu kabi “investitsiya”lardan foyda kam (yoki nol).

    Ko‘rib chiqilayotgan konsepsiyaning bankrotligini O‘zbekiston misolida ko‘rishimiz mumkin. Valyuta ayirboshlash kurslarining ko‘pligi tufayli nvestitsiya foydasiga taqsimlangan juda katta resurslarga qaramay, mamlakat nochor qolmoqda. Agar YaIM ko‘rsatkichi qanday o‘zgarganini solishtiradigan bo‘lsak, masalan, 1990 yoki 2000-yillar o‘rtalarida sobiq Ittifoq va Osiyoning sobiq sotsialistik mamlakatlari orasida bizniki eng yomon pozitsiyalardan birida turganini oson anglash mumkin. Va bu “e’tirof”ning kaliti valyuta kurslarining ko‘pligidir.

    Sir emaski, bugun dunyoda mavjud operatsiya bo‘yicha erkin konvertatsiya yo‘q bo‘lgan davlat deyarli qolmagan. Hamma allaqachon mavjud operatsiya bo‘yicha konvertatsiyani chegaralash o‘z iqtisodiyotiga bolta urish kabi ekanini tushunib yetgan.

    — Markaziy bankning xorijiy valyutani sotib olish va sotish operatsiyalarini birjadan tashqari valyuta bozorida o‘tkazish to‘g‘risidagi, xususiy banklarga importni amalga oshirish uchun valyutani bozor kursida yuridik shaxslarga sotishga ruxsat berish haqidagi so‘nggi qarorini ikki xil kursning davlatimizda qonuniylashtirilishi deb atash mumkinmi? Bu qaror valyuta liberallashuvi yo‘lidagi odimlardan birimi?

    — Ha, shunday. Hukumat birinchi marta valyutani erkin almashtirishda qonunan sotib olish va sotish imkoniyatini tan oldi. Bundan kelib chiqadiki, “birja” kursi (pulni naqdsiz hisob-kitob qilish) qonuniylashtirildi. Men o‘ylaymanki, bu mavjud operatsiya bo‘yicha erkin konvertatsiyaga kiriladigan birinchi qadam bo‘ldi. Kelgusida esa uchta ssenariy bo‘ladi deb taxmin qilamiz:

    Rasmiy kurs tushib ketadi, balki xususiy banklarning valyuta sotish bo‘yicha imkoniyatlari kengayadi. Natijada, rasmiy va bozor kursi bir-biriga yaqinlashadi va yagona ayirboshlash kursi o‘rnatiladi. Bunda Markaziy bank valyutani xususiy banklarga erkin sotadi va bu eng optimal ssenariydir.

    Valyuta ayirboshlash kurslarining ko‘pligi tizimi qonuniylashtiriladi va bu tizim ko‘pga bormaydi (yarim yildan 1–2 yilgacha). Lekin kurs ayirboshlashda aniq muddatlar qo‘yiladi. Bu unchalik yaxshi bo‘lmagan ssenariydir. Shaxsan men valyuta bozorini liberalizatsiyalash jarayonini cho‘zish uchun asos ko‘rmayapman.

    Valyuta ayirboshlash kurslarining ko‘pligi uzoq muddatga saqlanib qoladi, shu kabi bozor kursi legallashadi, lekin bunda rasmiy va bozor kursi orasida sezilarli uzilish bo‘ladi. Bu yomon ssenariydir.

    Umid qilamanki, qabul qilingan qarorlar mavjud operatsiyalar va kurs almashinuvini unifikatsiyalash erkin konvertatsiya yo‘lidagi birinchi qadamdir.

    — Markaziy bankning ushbu qarori o‘zbek biznesi va tashqi savdoda sifat belgisi bo‘ladimi? Tadbirkorlik faoliyatini yengillashtiradimi?

    — Albatta. Tadbirkorlar uchun valyuta kursiga imkoniyat jiddiy ravishda osonlashadi, tashqi iqtisodiy faoliyatda byurokratik xarajatlar qisqaradi. Tabiiyki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri import bilan shug‘ullanmaydigan, biroq import resurslarni sotib oladigan hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport qilmaydigan, lekin eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqaradigan tadbirkorlar harajati ham kamayadi.

    — Erkin konvertatsiyaga o‘tayotgan davlatning valyuta zaxiralari yetarlimi?

    — Barchasi erkin konvertatsiya qaysi kurs bo‘yicha amalga oshirilishiga bog‘liq. Masalan, agar 1 dollar 4 ming so‘m bo‘lsa, albatta, kam. Aytaylik, go‘shtning bir kilogrami 15 ming so‘m, bunda unga bo‘lgan talab oshadi (hamma arzon narsa sotib olgisi keladi), taklif esa kamayadi (hech kim o‘z molini arzon narxga sotgisi kelmaydi). Bunday holda Markaziy bankning valyuta zaxirasi tezda tamom bo‘ladi. Milliy valyuta kursini ayirboshlash barqaror bo‘lishi, ya’ni valyuta bozoridagi talab va taklifning tengligi ta’minlanishi kerak (shunda Markaziy bank kursning birdan spekulyatsiyativ tebranishini bartaraf qilish uchungina o‘z valyutasini sarflashi kerak bo‘lmaydi) yoki kurs past bo‘lishi lozim (bunga shunday erishiladiki, ya’ni Markaziy bank valyutani sotmaydi, aksincha, sotib oladi, shu yo‘l bilan valyuta zaxirasini to‘ldiradi).

    Kurs almashinuvini boshqarishning maqbul siyosati — san’at. Markaziy bank bir vaqtning o‘zida ko‘plab vazifa va jihatlarni hisobga olishi kerak. Agar milliy valyuta kursi oshirilsa (dollar arzonlashtirilsa), bunda valyuta zaxiralari tugab boradi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga zarar yetadi (eksport qimmat, import esa arzon bo‘ladi), agar milliy valyuta kursi kamaytirilsa (dollar qimmatlashtirilsa), unda inflyatsiyani “qizdirib yuborishi” mumkin (import mahsulotlari va resurslar qimmat bo‘ladi) va valyuta kreditlarini olgan banklarga, tadbirkorlarga ziyon yetadi. Markaziy bank bu masalada “oltin o‘rtalik”ni topishi zarur. Yana bir boshqa muhim vazifa shuki, ayirboshlanadigan kursning keskin ko‘tarilishi yoki kamayishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bu tashqi savdoga zarar yetkazadi.

    Umid qilamizki, Markaziy bank o‘z faoliyatini yangi sharoitlarda qaytadan yo‘lga qo‘ya oladi va o‘z majburiyatlarini sharaf bilan bajara oladi.

    16.07.2017, 13:37   Izoh (0)   67210
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Oxinjon Umarov O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi etib saylandi

    16.07.2017, 11:07

    Toshkentlik sayyoh Saratovdan Qrimgacha qo‘lbola solda suzib bordi

    16.07.2017, 10:21

    Rustam Qobilov O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand Kengashi raisi etib saylandi

    16.07.2017, 09:43

    Toshkentning “manzarali” garajlari (foto)

    16.07.2017, 09:08

    Qozog‘iston bilan Mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi

    16.07.2017, 08:53

    Shavkat Mirziyoyev Yunusobodda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari bilan uchrashdi

    15.07.2017, 21:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda biogazdan metan ishlab chiqarish loyihasi amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 26 iyun, 09:27

    FIFA va UEFA Rossiya terma jamoasi hamda klublari uchun qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishi mumkin

    Sport | 26 iyun, 09:22

    Zelenskiy: “Rossiyaning barcha harbiy jinoyatchilari sud oldida javob beradi”

    Dunyo | 26 iyun, 08:52

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    O‘zbekiston | 25 iyun, 23:38

    Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi

    Maslahatlar | 25 iyun, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.