23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining saralash bosqichi start oldi. Unda ishtirok etayotgan Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston terma jamoasi ilk uchrashuvda Livanni taslim qildi — 3:1.
Bellashuvda livanlik futbolchilar 1 ta avtogol sovg‘a qildi. Shuningdek, “Nasaf” hujumchisi Bobur Abduxoliqov dubl qayd etdi. Ikkinchi bo‘limda Haydarov jamoasi gol urishdan dam oldi. Livanliklar esa o‘tkazib yuborilgan 3 ta golga bir marta javob qaytardi.
Bunga qadar kechgan o‘yinda saralashga mezbonlik qilayotgan BAA terma jamoasi Nepal ustidan yirik — 5:0 hisobida zafar quchgandi.
Ertaga — 17-iyul kuni O‘zbekiston 2-turni Nepalga, BAA esa Livanga qarshi o‘tkazadi. Hal qiluvchi tur 19-iyul kuni bo‘lib o‘tadi va unda ikki favorit — BAA hamda O‘zbekiston termalari o‘zaro kurash olib boradi.
Asian Championship U22 Saralash. “D” guruhi. 1-tur 15-iyul, shanba
Izoh (0)