Eron sudi AQSh fuqaroligiga ega shaxsni Vashington foydasiga ayg‘oqchilik qilish aybi bilan o‘n yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
AQSh fuqarosining ismi, jinsi va boshqa tafsilotlar oshkor etilmayapti. U ikki davlat fuqaroligiga ega ekanligi ma’lum, lekin bu ikki fuqarolikdan hech bir Eronga oid emas.
Eron adliya vazirligi vakili G‘ulomhusayn Muhsiniy bahs yuritilayotgan odam AQSh foydasiga ayg‘oqchilik ma’lumotlari to‘plagani haqida bayonot berdi.
Gumondor 20 kun ichida apellyatsiyaga berishi mumkin.
Izoh (0)