Tehron metrosida noma’lum shaxs diniy ulamo va boshqa yo‘lovchilarga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mehr News agentligi xabariga ko‘ra, noma’lum shaxsning asosiy nishoni diniy ulamo bo‘lgan, so‘ng uni to‘xtatishga uringan yo‘lovchilarga ham hujum qilgan.
Diniy ulamo va boshqa ikki jabrlanuvchi tar jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Mazkur hodisadan so‘ng metro bekati vaqtincha yopilib, so‘ng ochilgan. Holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)