Los-Anjelesda tashkil etilgan ko‘rgazmaga tashrif buyurgan qiz selfi tushish paytida 200 ming dollarlik qimmatbaho eksponatlarni sindirib qo‘ydi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
LiveLeak sayti ko‘rgazma zalidagi kuzatuv kameralari qayd qilgan videoni e’lon qildi. Unda ko‘rinishicha, qiz suratga tushish harakatida muvozanatni yo‘qotib, bir tirgaklardan biriga tegib ketgan, domino prinsipi bo‘yicha qolgan tirgaklar ham qulagan.
Galereya matbuot kotibining so‘zlariga qaraganda, yetkazilgan zarar taxminan 200 ming dollarga baholanmoqda. Uning aytishicha, uchta ishni qayta tiklab bo‘lmaydi, qolgan eksponatlarda esa turli darajadagi nuqsonlar hosil bo‘lgan.
Voqea britaniyalik san’atkor Saymon Birchning ko‘rgazmasida ro‘y berdi. U Gonkongda istiqomat qiladi. Uning asarlari London, Los-Anjeles, Mayami, Gonkong, Pekin, Singapur va Tokio muzeylarida namoyish etiladi.
Izoh (0)