Shu yilning olti oyi davomida Toshkentda 47 avtotransport vositasiga o‘t ketishi holatlari qayd qilindi. Yong‘inlarning ko‘p qismi avtomobillar elektrik tizimidagi nuqsonlar tufayli kelib chiqdi, deb xabar beradi 1News.
Haftalik yong‘inlar profilaktikasi kuni munosabati bilan poytaxtning 22 mahallasi va 11 ijtimoiy ahamiyatga molik obyektlarida yong‘in xavfsizligiga bag‘ishlangan taktik mashg‘ulotlar, seminarlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, O‘rikzor savdo kompleksi hududida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan yong‘inni o‘chirish taktikasi ustida ishlandi.
Toshkent shahar IIBB YXB vakili Muslima Rahimova yoz oylarida yong‘inlarning ko‘p qismi quruq xas-xashakning yonishi bilan bog‘liqligini aytdi hamda yoz oylarida qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari haqida gapirdi.
Izoh (0)