Mavsumning birinchi yarmini “Buxoro”da o‘tkazgan Shohrux Gadoyev faoliyatini “Bunyodkor”da davom ettiradi. Bu haqda “Championat.asia” klub matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.
Futbolchi bilan shartnoma imzolanib ulgurilmagan. Ammo jamoa lageridagi mashg‘ulotlarga qo‘shilib ulgurgan.
Gadoyev o‘tgan mavsumning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra “Bunyodkor”ga kelgan bo‘lib, yangi mavsum avvalida Sergey Lushchan uni klubda olib qolishni istamagandi. Mirjalol Qosimov esa futbolchini ortga qaytardi. Mutaxassis milliy terma jamoaga boshchilik qilgan vaqtda ham Shohrux Gadoyevni yig‘inlarga jalb qilgandi.
Bunga qadar Mirjalol Qosimov Vohid Shodiyev, Anvar G‘ofurov hamda Sardor Sobirxo‘jayevni ham “Bunyodkor”ga qaytargandi.
Izoh (0)