Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar ligasining 2-saralash bosqichidan joy olgan dastlabki o‘yinlar 11—12-iyul kunlari bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Spartak”

Foto: “Spartak”

Mazkur musobaqada o‘zbekistonlik faqatgina bir futbolchi — Aziz Ibragimov ishtirok etmoqda. U o‘tgan hafta Latviyaning “Spartak” klubi bilan shartnoma imzolagandi.

Yurmala klubi Chempionlar ligasi saralashida Qozog‘istonning “Astana” klubini qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Aziz Ibragimov boshlang‘ich tarkibdan joy oldi va 59-daqiqaga qadar maydonda harakat qildi. 25-daqiqada raqibiga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun sariq kartochka oldi.

Javob o‘yini 18-iyul kuni Astanada bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Chempionlar ligasi 2-saralash bosqichi 12-iyul, chorshanba

“Spartak” (Latviya) — “Astana” (Qozog‘iston) 0:1

Gol: Tvumasi, 73 (0:1).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Germaniyada aviatsiya xodimlari ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi
Mahalliy
Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?