Futbol bo‘yicha shifokorlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining chorak finaliga qadar yetib kelgan O‘zbekiston termasi Buyuk Britaniyaga raqib bo‘ldi.
Avstriya mezbonligida o‘tayotgan va Morell Cup nomini olgan musobaqaning guruh bosqichini o‘zbekistonlik doktorlar 1-o‘rinda yakunlashga muvaffaq bo‘lgandi. Ular ilk turda AQSh shifokorlarini 4:1 hisobida taslim qilgan bo‘lsa, keyinroq mezbon Avstriya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagandi. So‘nggi turda esa Braziliyadan kelgan shifokorlar jamoasi taslim qilindi — 2:0.
Buyuk Britaniya termasi “E” guruhida Rossiya, Argentina va Avstraliya bilan o‘ynab, uni peshqadam sifatida yakunladi. Rossiyaga qarshi uchrashuv 0:0 hisobida yakuniga yetdi. Keyinroq Avstraliya 3:0, Argentina 2:0 hisobida mag‘lub etildi.
Chorak final bellashuvlari ertaga — 13-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Morell Cup 1/4 final 13-iyul, payshanba
O‘zbekiston — Buyuk BritaniyaChexiya — VengriyaShvetsiya — KolumbiyaKataloniya — Ukraina
Izoh (0)