Belgiyalik futbolchi Romelu Lukaku faoliyatini Angliyaning “Manchester Yunayted” klubida davom ettiradi. Klub matbuot xizmati hujumchi bilan 5 yillik shartnoma imzolanganini ma’lum qildi.
2013-yildan buyon “Everton” safida o‘ynab kelayotgan Lukaku uchun so‘nggi mavsum ancha omadli keldi. Ronald Kuman bosh murabbiyligida u 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 7 ta golli pas uzatdi.“Manchester Yunayted” Belgiya terma jamoasi a’osini qo‘lga kiritish uchun 75 million funt sarfladi. “Chempionat”ning qayd etishicha, bu taxminan 85 million yevroni tashkil qiladi.
24 yoshli futbolchi “Manchester Yunayted” libosini kiyayotgan bo‘lsa, bir kun avval Ueyn Runi aksincha, “Yunayted”dan “Everton” safiga borib qo‘shilgandi.
Izoh (0)