Xonandalar Sharof Muqimov, Aziza Niyozmetova hamda Sherali Bekmurodovlarning litsenziyasi vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi konsert-tomosha faoliyatini litsenziyalash bo‘limi boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.
“Xabaringiz bor, bugungi kunda san’atkorlar litsenziya uchun bir yillik majburiy to‘lovlar eng kami uch oylik muddatga o‘zgartirildi. Endilikda san’atkorlar bir yil uchun majburiy to‘lov to‘lamaydida, sharoitidan kelib chiqib uch oylik to‘lovlarni to‘lab, faoliyatlarini davom ettiraveradi. Shunday imkoniyatlar yaratilgan bo‘lishiga qaramasdan, atigi bir oyda eng kam ish haqqining bir baravari miqdoridagi ijtimoiy majburiy sug‘urta to‘lovini to‘lagan, oqibatda qarzdorligi 3 million so‘mdan oshib ketgan xonandalar ham yo‘q emas. Bu to‘lovni 3 million so‘m bo‘lib ketishi uchun kamida ikki yil vaqt kerak bo‘ladi. Xonandalar Sharof Muqimov, Aziza Niyozmetova hamda Sherali Bekmurodovlarning litsenziyasi ijtimoiy majburiy sug‘urta badalini o‘z vaqtida to‘lamagani sababli vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi. Bu san’atkorlar doimiy ijod qilib yurgan xonandalar hisoblanadi, bular uchun bu to‘lov qiyinchilik tug‘diradi deb o‘ylamayman”, — dedi Odiljon Abduqahhorov.
Izoh (0)