Aktrisa Sitora Alimjonova “Shok.uz” saytiga bergan intervyusida sevgan insoniga turmushga chiqayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar bermoqda.
“Yigitim bilan 2012-yilda tanishganmiz. Yaqinda to‘y qilamiz. U toshkentlik, ayrimlar aytganidek chet ellik yoki sportchi emas. Nega aynan endi to‘y qilayotganimizga to‘xtaladigan bo‘lsam, o‘sha paytda men yosh edim, karyera qilishim kerak edi. U ham oyoqqa turib olishi kerak edi. Mana, endi mening orzumdagi to‘y qilib, turmush qurmoqdamiz. U paytda men hali Sitora Alimjonova emas edim. U meni aktrisa sifatida bilmagan. Facebook orqali tasodifan tanishib qolganmiz. Bir muddat gaplashib yurdik, orada ajralib ham ketdik. Keyin yana topishdik.
Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im 27 yoshda, u tadbirkor. U bilan arazlashib qolgan paytimda ‘To‘y’ loyihasida Sharof Muqimov bilan ishtirok etdim”, — deydi aktrisa.
Sitora Alimjonova to‘yi shu yilning 8-avgustida Tailandning Pxuket orolida bo‘lib o‘tishi, unda kelin-kuyovning qarindoshlari, yaqinlari va do‘stlari ishtirok etishini ma’lum qildi.
Izoh (0)